“Tanachi-Boʻka” kanalidagi toshqin qisqa muddatda bartaraf etildi

    Bugun ertalab Olmaliq shahar sanoat hududining Piskent tumani bilan chegaradosh hududidan oqib oʻtuvchi “Tanachi-Boʻka” kanaliga shox-shabba va turli xil maishiy chiqindilar tiqilib qolganligi sababli, suv kanal oʻzanidan toshishi kuzatilgan.

    Bu haqda xabar tushishi bilan shu vaqtning oʻzida Olmaliq shahar FVB, “Tanachi-Boʻka” kanali kuzatuvchilari bilan birgalikda kanal chiqindilardan tozalandi va sodir boʻlgan holat soat 10:17da toʻliq bartaraf etildi.

    Toshkent viloyati Favqulodda boshqarmasi Axborot xizmati