Raspberry Pi 400 uncha katta boʻlmagan, yaʼni raqamlar blogi boʻlmagan klaviatura korpusida joylashgan. Kompyuter Raspberry Pi 4 tizimli plata ichiga toʻrt yadroli Broadcom BCM2711 protsessori, hamda 4GBga teng tezkor xotirasi bilan birga yigʻib chiqilgan, deb xabar beradi RIA Novosti.
Oʻzining mitti shakliga qaramay, kompyuter juda koʻp portlar va interfeysga ega. Masalan, Raspberry Pi 400ning uchta USB tarqatkichi, hamda Gigabit Ethernet tarmoq porti bor. Quvvat bilan esa USB Type-C orqali taʼminlanadi. “Klaviatura” da Bluetooth 5.0 BLE i Wi-Fi IEEE 802.11b/g/n/ac. dan foydalanish mumkin.
Mazkur qurilma AQSH, Xitoy va Yevropa mamlakatlarida sotuvga qoʻyilgan. Taxminiy narxi 70 dollar etib belgilangan.