“Kabar” manbasiga koʻra, uchrashuvda Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonni bogʻlaydigan temir yoʻl qurilishi loyihasi muhokama qilingan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Mutaxassislarga koʻra, “Xitoy — Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli ishga tushgach, Xitoyni eng qisqa yoʻl bilan Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlaydi. Mavjud yoʻnalishlarga qaraganda masofa 900 kilometrga, yuklarni yetkazib berish muddati 7-8 kunga qisqaradi. Ushbu loyiha istiqbollari yaqinda ishga tushgan “Qashgʻar – Irkishtom–Oʻsh–Andijon–Toshkent” avtomobil yoʻlagi orqali namoyon boʻlmoqda. Bu yoʻl Markaziy Osiyodan avtomobil transporti vositalarining Xitoyga tezroq kirishiga imkon berdi.