Rasul Kusherbaev bolalikda kim bo'lishni orzu qilgani haqida gapirib berdi

    Mamlakatimizda 6 Iyul 2020 1875

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida deputat bilan onlayn muloqot o'tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

    Zoom orqali tashkil etilgan “Yoshlar parlamenti, qonunchilikda yoshlarga oid islohotlar” mavzusidagi muloqotni institut rektori Oʻktam Umurzoqov ochib berdi.

    400 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan muloqotda bir vaqtning oʻzida Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli efirga uzatildi. Suhbat samimiy, mulohazali va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Unga institutning yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori R.Choriyev, institut faol yoshlari jamoasi aʼzolari A.Berdimurodov, D.Akbarov, U.Manzirboyevlar moderatorlik qilishdi.

    Moderatorlar tomonidan talabalarning va ishtirokchilarning Yoshlar parlamenti, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda taʼlim tizimiga doir savollari berildi. Rasul Kusherbayev savollarning har biriga javob berib oʻtdi. Yoshlar Parlamenti ish faoliyatiga alohida toʻxtalib, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yoshlarga yaratib beriladigan imkoniyatlar yuzasidan oʻz xulosalarini bildirdi.

    Shuningdek, deputat yoshligida uchuvchi boʻlishni orzu qilgani, ammo bir filmdan taʼsirlanib, oʻz fikrini oʻzgartirgani va bor salohiyatini xalq manfaatlari yoʻlida safarbar qilishga qaror qilganini soʻzlab berdi.