Rossiya futbol ittifoqi rasmiy saytining xabar berishicha, O'FA birinchi vitse-prezidenti, FIFA sobiq hakami Ravshan ermatov RFI ekspert-hakamlar komissiyasi a'zosi bo'ldi. Komissiyaning ermatovdan tashqari yana 8 nafar rossiyalik a'zosi bor.
Ekspert-hakamlar qo'mitasi Rossiya futbol chempionatidagi hakamlik bilan bog'liq bahsli holatlar, o'yin natijasiga ta'sir qiladigan qarorlarni ko'rib chiqib, baho beradi.
2015 yilda dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan hamyurtimiz R. ermatov jahon chempionati o'yinlarini 11 marta boshqargan va bu borada mutlaqo rekordchi hisoblanadi.