Maʼlumki, PSJ Parijda Ispaniya qirollik klubi “Real”ni 1:0 hisobida magʻlub etgan edi. Madriddagi uchrashuv kutilganidek mezbonlar ustunligida oʻtdi va Benzemening uchta goliga Mbappe bitta gol bilan javob qaytardi – 3:1.

Angliyada boʻlgan “Sporting” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi bahsda hisob ochilmadi. Portugaliyada 0:5 hisobida gʻolib chiqqan manchesterliklar oʻyin taqdiri birinchi oʻyinda hal boʻlgani uchun ortiqcha kuch sarflab yurishmadi.

Shunday qilib “Real” va “Manchester Siti” chorak finalga chiqdi.