Qayd etilishicha, oʻtkazilgan oʻrganishlarda Toshkent, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 3 ta “Ayub travel tours” MCHJ, “Bilolbek travel” MCHJ va “Vodiy Siddiq Travel” MCHJ turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.
Shuningdek, Namangan viloyatida yashovchi 6 nafar fuqarolar (Sh.M.Dexqonov, B.B. Badiridinov, A.A.Abdullayev, A.A.Gʻofforov, M.I.Avliyayev, U. Gʻ. Otaboyev) tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Umra” ziyorati reklamalarida ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.