Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bir qator qurilish kompaniyalariga nisbatan reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun moliyaviy jarima qoʻlladi.
Qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida quyidagi kompaniyalar tomonidan qoidabuzarliklar aniqlangan:
- Humo Avenue MCHJ;
- Story Dom Siyob MCHJ;
- Aziya Makon City MCHJ;
- Aziza Credo Max MCHJ;
- Shoxsaroy Enter Group MCHJ;
- Qorasuv Avenue MCHJ.
Yuqorida nomlari keltirilgan kompaniyalar ushbu roʻyxatdan oʻtmasdan turib, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz turar joy majmualarining faol reklamasini olib borishgan.
«Reklama toʻgʻrisida»gi qonunning 16-moddasida tegishli litsenziya yoki ruxsatnomasi boʻlmagan tovar va xizmatlarni reklama qilish taqiqlanishi belgilangan.
Raqobat qoʻmitasining maxsus komissiyasi ushbu holatlarni oʻrganib chiqib, kompaniyalarni aybdor deb topdi. Natijada ularga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllandi va qonunbuzarliklarni bartaraf etish hamda kelgusida takrorlamaslik boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berildi.