Rekordchi medalsiz qoldi

    Hozirgina Tokio Olimpiadasining og'ir atletika bahslarida -55 kg vazn toifasida ayollar o'rtasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabiev dast ko'tarishda 98 kg. toshni ko'tarib, to'rt yillikning eng yirik musobaqasi rekordini o'rnatganini xabar qilgan edik.

    Afsuski, musobaqaning siltab ko'tarish bahslarida Muattarning omadi kelmadi. U bu bahsda 114 kg. toshni o'ziga bo'ysindira oldi va 212 kg. umumiy natija bilan 4 o'rinni egalladi.