Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq, har bir oliy taʼlim muassasasi rektorlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan mahalla yoshlari biriktirilgan. Rektorlar turli sana va bayramlar munosabati bilan ulardan xabar olib, moddiy-maʼnaviy koʻmak bermoqda.
Jumladan, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova ham Yangi yil bayrami bilan tabriklash uchun Shovot tumani mahallalaridagi yoshlar holidan xabar oldi.
Rektor bundan ikki oy avval yoshlardan biriga tikuv moshinasi sovgʻa qilgan edi. Hozir Hayitgul imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, tikish bilan shugʻullanmoqda, qoʻligul chevar. U oʻzi tikkan liboslarni mehmonlarga koʻrsatdi va tashakkur bildirdi.
Rektorning Yangi bayrami munosabati bilan yana boshqa imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar holidan xabar olishi davom etadi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.