Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.
Har bir OTMda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. OTM rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha oʻz klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar oʻtkazib boradi.
Qoʻshimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til oʻrganish xarajatlariga 100 milliard soʻm subsidiya ajratiladi.
Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga oʻtkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.
Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlarida toʻgarak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million soʻmgacha subsidiya beriladi.