Respublika boʻyicha 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyalari tashkil qilindi

    Bugungi kunda yangi bogʻlarni barpo qilish va eskilarini yangilash uchun 350 million dona virusdan xoli, serhosil va eksportbop meva koʻchatlariga ehtiyoj borligi qayd etildi.

    Respublika boʻyicha 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyalari tashkil qilindi. Ular ishni eng avvalo zamonaviy mahsulotni koʻpaytirishdan, yaʼni urugʻ, koʻchat va oʻgʻitdan boshlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Masʼullarga “Agrostar” kompaniyalari uchun zamonaviy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etish, 16 ta tumanda saqlash, qadoqlash, saralash va qayta ishlashni oʻz ichiga olgan bittadan zamonaviy agromajmuani ishga tushirish topshirildi.