Maktablarda oʻqituvchi va oʻquvchilar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan taqdirda, Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi va tuman (shahar) hokimligiga taklif kiritib, Halq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari yoki hududiy komissiya qarorlari bilan ayrim maktablarning faoliyati vaqtincha toʻxtatilib, 2 haftaga karantinga olinmoqda. Ushbu vaqt mobaynida mazkur maktablar onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Bugungi kun (22-aprel holatiga koʻra), Respublika boʻyicha jami 10008 ta maktabdan 163 tasi (1,6%) maktablar masofaviy taʼlim shakliga oʻtkazilgan. Bu rakamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib, oʻzgarib boradi.

2020-2021 oʻquv yili uchun “Onlayn maktab” ruknida jami 17 298 ta televizion dars oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida tasvirga olingan va ulardan
15 362 tasi efirga uzatilgan.

“Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar joriy yilning 25-mayiga qadar belgilangan telekanallarda efirga berib boriladi. Shuningdek, uzeduonlinemaktab telegram kanali orqali oʻquvchilar darslarni qayta koʻrib chiqish imkoniyatlari ham mavjud.