Respublika boʻyicha profilaktika ishlari olib boriladi

    Dolzarb 10 Aprel 2021 934

    Joriy yil 12-16-aprel kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va uzatgichlarda profilaktika oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Shu vaqtda Toshkent shahrida va respublika boʻyicha raqamli teledasturlarni tarqatish vaqtincha toʻxtatiladi. Bunda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish toʻxtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

    Mahalliy, nodavlat va “Uzdigital TV” MCHJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatgichlarda jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Shuni taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini taʼminlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda oʻchirib, profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

    Toʻxtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi, deb ogohlantiradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.