Respublika boʻylab 2 029 ta maktabga zamonaviy kompyuter sinflari yetkazila boshlandi

    Ta'lim 19 May 2022 3274

    Davlatimiz rahbarining 2021-yil 10-sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlash topshirigʻi berilgan edi.

    Mazkur topshiriqqa muvofiq Respublika boʻyicha 2029 ta maktablarni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash vazifasi belgilandi.

    Bugungi kunda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan respublika byudjetidan 1 014 ta zamonaviy kompyuter sinflari xarid qilindi va viloyatlardagi umumtaʼlim maktablariga kompyuter texnikalari ortilgan karvonda bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.

    Qayd etish oʻrinliki, ushbu kompyuterlarga dasturlashga oid zamonaviy dasturiy tizimlar, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim resurslari Maktab.uz, Kitob.uz, Edukids, Smartland kabi elektron taʼlim platformalari oʻrnatilmoqda.

    Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan mahalliy byudjet hisobidan 1 015 ta umumtaʼlim maktablariga kompyuter sinflarini yetkazilishi belgilangan.