Shu bois, butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi eʼlon qilinadi.
Har bir tuman va shahar hokimi koʻchasi, yoʻli, arigʻi, xiyobonini tartibga keltirib, doimo ozoda tutishi shartligi qayd etildi.
Obodonlashtirishga masʼul hokim oʻrinbosarlariga bugunoq 24 soat ishlaydigan brigadalar tashkil qilib, koʻcha, xonadon, koʻp qavatli uy, ijtimoiy obyektlar atrofini tozalash topshirildi.
“Toza hudud” korxonalariga qarashli maxsus texnikalar ham bunga toʻliq safarbar qilinadi.
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga chiqindi tashlaganlik uchun jarima qoʻllash vakolati berilgani qayd etilib, ularga joylarga chiqib, shahar va tuman markazlarida kunlik nazorat oʻrnatish topshirildi.









