Ayni paytda Toshkent viloyatida 31 ta IT markazlari ishlab turibdi. Endi ularning hammasini umimiy koordinatori sifatida IT park faoliyatini boshlamoqda.
Mazkur obyekt Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali hududida joylashdi. Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat faollari binoda yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.
Aytish zarurki, binoda barcha qulayliklar yaratilgan. Xonalarga zamonaviy mebel jihozlari, kompyuter texnologiyalari oʻrnatilgan. Oshxona, dam olish xonalari ham tashkil etilgan. Viloyat mahalliy byudjetidan 8 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, zamonaviy kompyuterlar jamlanmasi va mebel jihozlari bilan taʼminlangan.
Jami 6 gektar yer maydonida qurilgan filialda zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari joy olgan. IT park rezidentlari va oʻrganuvchilar uchun sohani chuqur oʻrganish, faoliyat olib borishga qulay sharoit yaratilgan.