Koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining joriy yil iyul oyidagi qarori bilan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv berilishi vaqtincha to'xtatilgan edi.

Keyinchalik mamlakatdagi epidemik vaziyatni hisobga olib, ular o'rtasida koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qisqa muddatli uchrashuv berilishini vaqtincha to'xtatish to'g'risidagi takliflar ham ma'qullangandi.

So'nggi kunlarda mamlakatimizdagi epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvga qo'yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi.