Qayd etilishicha, oʻtkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganlik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzildi.

Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd soʻm davlat foydasiga undirildi.

Respublika boʻyicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va 263 ta maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

Mazkur yoʻnalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.