Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi

    Sport 9 Iyul 2025 1370

    Prezidentning tegishli Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻqish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi.

    Belgilanishicha, 1-bosqichda 8–11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, 2-bosqichda 1–2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat koʻrsatadi.

    2026-yildan:

    Markaz oʻquvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;

    Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji oʻquvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oylik stipendiya taʼsis etiladi.

    Olimpiya oʻyinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) taʼlim muassasalariga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi.