Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog'lom tug'ilishi uchun zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug'uruq amaliyoti natijasida 1484, 1804, 1554 va 1950 grammlik 4 nafar o'g'il chaqaloq dunyoga keldi.

Hozirda go'daklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.

Aytish lozimki, bu – joriy yil Respublika perinatal markazida to'rt nafar egizaklar tug'ilishi bilan bog'liq ilk holatdir. SHuningdek, yil boshidan beri mazkur muassasada o'nta holatda uch nafar egizak tug'ilgan.