Togʻlarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpogʻistonning, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlarining ayrim joylarida kuchayish 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

Hafta oʻrtasigacha sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Asosan kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, respublikaning shimolida 8-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kuchsiz shamolli quruq ob-havo saqlanib turadi. Tungi sovuqlar zaiflasha boshlaydi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 8-11 daraja iliqqacha isitadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

14-fevraldan 18-fevralgacha respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor!