Respublikada nechta chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashgan maktab va maktab-internati bor?

    Bilasizmi? 20 Noyabr 2020 2858

    Bugungi kunda respublikada 420 ta fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlari mavjud.

    Shundan, 243 tasi aniq fanlarga, 41 tasi tabiiy fanlarga, 23 tasi ijtimoiy fanlarga, 32 tasi filologiya fanlariga, 81 tasi xorijiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Mazkur maktablarda 58 470 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda.

    2020-2021 oʻquv yilida 56 ta matematika faniga, 28 ta kimyo-biologiya faniga, 14 ta informatika va axborot texnologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari tashkil etildi.