Respublikada toʻlaqonli faoliyatini tiklagan maktablar soni 7 620 taga yetdi

    Ta'lim 28 Sentabr 2020 8111

    Maʼlumki, joriy pandemiya sharoitida 2020-2021 oʻquv yilidan maktablar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyila boshladi.

    Maktablarning ochilishi toʻgʻrisidagi qarorlar har bir maktab boʻyicha individual tarzda sanitariya-epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng qabul qilinmoqda.

    Xususan 7-sentyabr kuni mamlakatimizda 431 ta (4,3%) maktab faoliyatini boshlagan boʻlsa, 14-sentyabrdan 2 560 ta (25,6%), 21-sentyabrda 4 379 ta (43,9%) maktab faoliyatini tikladi.

    28-sentyabr kuni faoliyatini tiklagan maktablar soni 76,3 foizga yetdi. Bugun oʻz faoliyatini toʻlaqonli ravishda olib borayotgan maktablar soni 7 620 tani tashkil qildi.

    Eslatib oʻtamiz, maktab faoliyati tiklanmagan oʻquvchilarning taʼlim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanmoqda.