Respublikamizda 12,9 million bosh yirik shoxli qoramollar mavjud

    Respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 92,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi.

    2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 180,2 ming boshga koʻpayib, ularning umumiy soni 12 925,7 ming boshga yetdi.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 92,9 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi.

    Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng asosiy ulushi qoʻyidagicha:

    Qashqadaryo viloyati – 12,4 foiz;

    Samarqand viloyati – 12,1 foiz;

    Buxoro viloyati – 9,6 foiz;

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 8,7 foiz.