Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida respublikada 174 812,2 milliard soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
Bozor xizmatlarining nominal hajmi 40 858,4 milliard soʻmga oshgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,3 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish – 10 395,6 milliard;
moliyaviy – 38 333,4 milliard;
transport – 42 087,9 milliard;
shu jumladan: avtotransport – 22 109,6 milliard;
yashash va ovqatlanish – 4 684,0 milliard;
savdo – 44 251,0 milliard;
koʻchmas mulk bilan bogʻliq – 5 062,3 milliard;
taʼlim sohasi – 6 868,2 milliard;
sogʻliqni saqlash sohasi – 3 052,8 milliard;
ijara – 3 525,4 milliard;
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 2 920,5 milliard;
shaxsiy – 4 365,7 milliard;
meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 3 670,2 milliard;
boshqalar – 5 595,2 milliard soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.