Oʻtgan oyda markaz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi qadimgi qoʻlyozma asarlar davlat reyestri”ning 2-jildi nashrga tayyorlandi.
Shuningdek, Alisher Navoiyning “Xazoinul maoniy” - “Maʼnolar xazinasi” asari, “Tafsir tibbiyon”, “Muqaddimatul jazairiya”, “Solatil Masʼudi”, “Qomus” kabi koʻplab noyob asarlarga restavratorlarimiz tomonidan ikkinchi hayot bagʻishlandi, deya xabar beradi Oʻzbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati .
Islom sivilizatsiyasi markazida yaqin fursatlarda maktab oʻquvchilari va talabalar uchun restavratsiya, kalligrafiya, miniatyura, sahhoflik, arabiy yozuvlar yoʻnalishlarida mutaxassislar tayorlovchi ikki yillik maktab ochilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.