Reuters: Pokistonda 11 konchi metandan zaharlanish oqibatida hayotdan ko'z yumdi

    Pokiston janubi-g'arbidagi Balujiston viloyatidagi Kvetta shahri yaqinidagi konda metan gazidan zaharlanish oqibatida kamida 11 nafar konchi halok bo'ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

    “Metanning to'planib qolishi odamlarning o'limiga olib keldi”, deya Balujiston viloyati hukumati konlar bo'yicha bosh inspektori Abdul G'ani Kakar so'zlaridan iqtibos keltiradi agentlik. Konchilar taxminan 450 metr chuqurlikda ishlagan va qutqaruv guruhlari bir necha soatlik urunishdan so'ng ularning jasadlarini topib olgan, dedi u.

    Konlar bo'yicha Bosh inspektor hodisa sabablari va ehtiyotsizlikka yo'l qo'yilgani yoki yo'qligini aniqlash maqsadida surishtiruv o'tkazish buyurilganini qo'shimcha qildi, deb xabar beradi tass.ru.