“Belujiston ozodlik armiyasi” ekstremistik guruhi jangarilari Pokistonda poyezdni olib qochish chog'ida garovga olingan kamida 50 kishini o'ldirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, garovga olingan 50 kishi o'ldirilganini jangarilarning o'zlari e'lon qilgan. Ayni damda garovga olingan 190 kishi qutqarildi, deya xabar bermoqda agentlik Pokiston rasmiylariga tayanib.
Avvalroq Dawn gazetasi kamida 10 kishi halok bo'lgani haqida xabar bergan edi.
Seshanba kuni “Belujiston ozodlik armiyasi” guruhi jangarilari Kvettadan (Balujiston viloyati ma'muriy markazi) Peshovarga (Xayber-Paxtunxva viloyati ma'muriy markazi) ketayotgan poyezdning 450 ga yaqin yo'lovchisini garovga oldi. Ekstremistlar temir yo'l relslarini portlatib, keyin poyezdga qarata o't ochgan. Hujum vaqtida poyezd xavfsizligi xodimlari va jangarilar o'rtasida otishma sodir bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.