Reuters: Tojikistonda “Krokus” teraktiga aloqador 9 kishi hibsga olindi

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, ular 25-mart kuni Vaxdat shahrida qo'lga olinib, Dushanbega olib ketilgan.

    Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi xodimlari “Krokus siti xoll”dagi terakt va “Islom davlati” terrorchilik tashkilotining bo'g'ini bo'lgan “Xurosondagi Islom davlati” guruhiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan to'qqiz kishini qo'lga oldi.

    Bu haqda Reuters agentligi Tojikiston xavfsizlik kuchlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.

    Ularning ma'lumotlariga ko'ra, to'qqiz kishining barchasi 25-mart kuni Vaxdat shahrida qo'lga olingan va Dushanbega olib ketilgan, deb xabar beradi tass.ru.