Birgina “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi, uning shahar va tuman bo'linmalari huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi orqali joriy yilning o'tgan davrida ana shunday oilalarga 7 milliard 159 ming so'mlik saxovat yordamlari ko'rsatildi.

Shu ishlarning uzviy davomi sifatida kuni kecha Tuproqqal'a tumanining Obod mahallasida istiqomat qilib kelayotgan, nogironligi sabab “Temir daftar” ro'yxatiga kiritilgan Farhod Saidabdullayevga xalq deputatlari tuman kengashining qaroriga asosan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning Tuproqqala bo'linmasi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi hisobidan 28 million 200 ming so'm pul mablag'i ajratib berildi.

Endi u, ushbu pul mablag'i hisobiga ko'pdan buyon qiynab kelayotgan, revmatoid poliartrit kasalligidan batamom qutilib, o'z oilasi bag'riga sog'-salomat qaytadi. Ushbu yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xorazmlik va toshkentlik mutaxassislar ustoz-shogird ananasini davom ettirgan holda, mahorat darsi asosida o'tkazishadi.

Mahalla  xayriya jamoat fondi

Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati