Kecha, 20-iyul kuni faqatgina taekvondo WT musobaqalarida yurtdoshimiz muvaffaqiyat qozondi. Xususan, vazni 58 kg gacha boʻlgan bellashuvda ishtirok etgan Shamsiddin Qurbonov bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu kuni stol tennisi boʻyicha ham muhim natija qayd etildi. Vakilamiz Marhabo Magdiyeva moʻgʻulistonlik Namunbaygali Erdeneni yirik — 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Bugun, 21-iyul kuni esa sportchilarimiz quyidagi toʻrt yoʻnalishda oʻz omadini sinovdan oʻtkazishadi:
- suzish,
- yengil atletika,
- stol tennisi,
- taekvondo WT.
Maʼlumot uchun:
Universiadaning dastlabki toʻrt kuni yakuniga koʻra umumjamoa hisobida:
- AQSH – 13 ta oltin, 8 ta kumush va 15 ta bronza medali bilan peshqadam;
- Xitoy – 8 ta oltin, 12 ta kumush va 3 ta bronza bilan ikkinchi oʻrinda;
- Janubiy Koreya – 7 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda.
Xorijiy investorlar kengashi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi taʼminlanadi