Bu haqda CVC telekanali shahar favqulodda xizmatlariga tayanib xabar berdi.
Unga ko'ra, o't o'chiruvchilar sanoat inshootida yong'in sodir bo'lgani haqidagi qo'ng'iroqqa javoban 20-iyun kuni soat 21:00 atrofida hodisa joyiga yetib borishdi. Yong'in o'chirildi, biroq yong'in binoning shimolida joylashgan ko'prikgacha tarqaldi.
Hozirda yonayotgan ko'prikdan katta miqdorda tutun ko'tarilmoqda va aholi shahar hududida havo sifati yomonlashishidan ogohlantirdi. O't o'chirish va qutqaruv xizmati xodimlarining fikricha, inshoot kreozot bilan qoplangan, bu esa kuchli tutunga sabab bo'ldi.
Hodisa paytida halok bo'lganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi tass.ru.