“Rim shahrida boʻlib oʻtgan “Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasida hamkasblarimiz bilan ishtirok etishdan mamnunmiz, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Italiya Bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani janoblari va uning jamoasining mehmondoʻstligi uchun minnatdormiz. Markaziy Osiyo va Italiya oʻrtasida “yashil” energiya, transport, savdo, investitsiya, oliy taʼlim, xalq diplomatiyasi kabi bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif qildik”.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 28-may kuni “Italiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish va ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish uchun Rim shahriga bordi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.