Il Fatto quotidiano gazetasining xabar berishicha, Kolizey arxeologik bog'i mutaxassislari mazkur boqqa tegishli bo'lgan yodgorlikka yetkazilgan zarar miqdorini baholamoqda.
Qayta tiklash ishlari olib borilayotganligi sababli arkaning bir qismiga hovozalar o'rnatilgan. “Xodimlarimiz zudlik bilan ishga kirishdi, barcha shikastlangan parchalar to'plandi va ular xavfsiz holatga keltirildi. Mutaxassislar zarar miqdorini baholamoqda”, deya arxeologiya bog'i direksiyasining izohini keltirib o'tadi nashr.
Konstantin arkasi 315-yilda Milvio ko'prigidagi jangda Konstantinning Maksensiy ustidan qozongan g'alabasi sharafiga qurilgan, shu kungacha saqlanib qolgan uchta va eng so'nggi g'alaba arkalardan biridir.
Kun davomida Italiya poytaxtining turli hududlarida momaqaldiroq yuz berib, shamol tezligi soatiga 90 kilometrga yetdi, kuchli yomg'ir yog'di. Ba'zi hududlarda 60 millimetrgacha yog'ingarchilik kuzatildi, bu yo'llarni suv bosishiga olib keldi. Daraxtlar va shoxlarning qulagani haqida xabar berildi. Noqulay ob-havo tufayli qancha odam jabrlangani haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi tass.ru.