Bu shaharda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Avvalgi rekord 58 daraja bo'lib, 2023-yilning fevralida qayd etilgan edi.

Braziliyaning janubi-sharqiy, shimoliy va markaziy qismidagi 15 ta shtat o'ta issiq havo tufayli xavfning maksimal darajasini e'lon qilgan. Mamlakat poytaxti Braziliya shahri ham ushbu toifaga kiradi.

Dam olish kunlari Braziliyaning ko'plab hududlarida jazirama kuzatildi. Mamlakatda, xususan, konditsionerlardan foydalanish hisobiga rekord darajada elektr energiyasi iste'moli qayd etilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.