Foto: uza.uz
Rishton tumani o‘zining kulolchilik buyumlari bilan mashhur. Bu yerda milliy kulolchilik an’analari avloddan-avlodga o‘tib, faol rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda Rishtonda 20 dan ortiq katta ustalar hamda ularning 7 mingga yaqin shogirdlari faoliyat yuritadi. Ularning har biri 30-50 oilalarni ish bilan ta’minlaydi – mahalliy aholi uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib badiiy kulolchilik mahsulotlarini uylarida bo‘yash bilan shug‘ullanadi. Rishton kulollarining noyob an’analari va mahoratlari asosida aholining keng qatlamlari katta sarmoya kiritmasdan ish joylari va barqaror daromad bilan ta’minlanmoqda. Eng qizig‘i, Rishton kulolchilik mahsulotlarinig yarmidan ko‘pi tashqi bozorda xaridorgir.
Ushbu Markaz, shubhasiz, Rishton ustalarining an'analarini yanada rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. Bu yerda ijodiy ustaxonalar, ko‘rgazma galereyalari, mehmonxonalar, ovqatlanish joylari va boshqa zarur infratuzilmalar quriladi.
Shuningdek, ushbu majmua Rishton hunarmandlarining muvaffaqiyatli tajribasini mamlakatning boshqa hududlariga tarqatishga yo‘naltirilgan alohida investitsiya dasturini amalga oshiriladi. Dasturning mohiyati respublikaning barcha tumanlari va shaharlarida kulolchilikni rivojlantirish bo‘yicha 59 ta loyihalarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, ular turli hududlarning 75-80 ming aholisini ish bilan ta'minlashga hamda eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.