Durandalning sehrli kuchlari haqidagi afsona XI asrning klassik o'rta asr adabiy asari "Roland qo'shig'i"da mavjud. Asarda aytilishicha, qilich sayyoradagi eng o'tkir, tosh bloklarini osongina kesib o'tadi va uni sindirish mutlaqo mumkin emas edi.
Afsonaga ko'ra, qurol osmondan kelgan farishta tomonidan Karlning o'ziga sovg'a qilingan, shundan so'ng u hukmdorning jiyani Rolandga tegishli bo‘lgan. Qilichning sopi havoriy Pyotrning tishi, shuningdek, bir qancha avliyolarning sochlari va qonlari bilan qoplangan.
Shu bilan birga, Roland Ronseva dovonida sarasenlar bilan jangda mag'lub bo'lgan. Dushman qilichni qo'lga kiritmaslik uchun uni sindirishga harakat qilgan. Bu urinish ritsar uchun yana bir fiasko bo'lgan. Keyin u qilichni uloqtirga. Bir necha kilometrlarni bosib o'tgan qilich, Rokamadurdagi toshga sanchilib qolgan.
Shahar meri Dominik Lenfantning so‘zlariga ko‘ra, shahar aholisi asrlar davomida o‘zlarining kichik vatanlarining bir qismi bo‘lgan yodgorlik yo‘qolganidan afsusda.