Ushbu tadbirda mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari va 100 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Oʻz oʻrnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyicha “master-klass” oʻtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy ham amaliy tushuntirildi.

Bugungi kunda Buxoro viloyati Kogon shaxar “Kogon uy-joy taʼmirlash profecsional boshqaruvi tashkiloti” MCHJning 100% davlat ulushi “Qurilishi tugallanmagan avtomobillarga siqilgan gaz quyish komprescor shaxobchasi” kabi jami 27 ta davlat aktivlari elektron ommaviy savdolarda turgan bulib: shundan 20 ta koʻchmas mulk obyektlari, 7 ta davlat ulushlari jami: 180,4 mlrd soʻm boshlangʻich qiymatda xamda 1 896 ta lotdagi 124,6 gektardagi boʻsh yer maydonlari umumiy qiymati 65,4 mlrd. soʻmga (149 tasi 11,1 mlrd.soʻmga mulk huquqi bilan, 1 747 tasi 54,3 mlrd.soʻm qiymatda ijara huquqi asosida) auksionga savdolariga chiqarilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, tadbir qatnashchilariga avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.

“Roadshow” ishtirokchilariga xususiylashtirish dasturlariga muvofiq ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan hamda savdo jarayonidagi davlat aktivlari, shu jumladan, viloyatdagi yirik aktivlar, dam olish maskanlari, maʼmuriy hamda ishlab chiqarish binolari kabi obyektlar va yer uchastkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Koʻtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʻtgan “Roadshow” davomida Davaktiv agentligi davlat aktivlarini xususiylashtirish departamenti boshligʻi Jamshid Joʻrayev va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib oʻtdilar.

Shu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida oʻtkazilishi rejalashtirildi.

Maʼlumot uchun: bu kabi taqdimotlar va uchrashuvlar (Roadshow) respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkaziladi.