Myunxenning “Bavariya” jamoasi yetakchi hujumchisi Robert Levandovskining “Barselona”ga oʻtishi haqidagi gap-soʻzlar tobora koʻpayib bormoqda.

Kuni kecha Ispaniyaning “As” nashri bu borada yana bir yangi xabar tarqatdi. Nashrining yozishicha, R. Levandovski kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgan va u yiliga 9 mln yevro maosh oladi. Vaholangki, futbolchi “Bavariya”da 24 mln yevro maosh olayotgandi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, “Barselona” prezidenti Joan Laporta, sal avvalroq, klub futbolchilarining maksimal maoshi 10 mln yevrodan oshmasligini maʼlum qilgandi. Masalaga shu nuqtayi nazardan yondoshsak, nashrning xabariga toʻgʻri boʻlib chiqadi. Ammo Levandovskining bu maoshga rozi boʻlganiga ishonish qiyinroq.