Robot 100 metrga yugurish bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi

    Mazkur robot Koreya fan va texnologiya instituti huzuridagi Janubiy Koreyaning dinamik boshqaruv va robotlarni loyihalash laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

    Og'irligi 45 kilogramm bo'lgan it shaklida ishlangan HOUND roboti 100 metr masofani 19,87 soniyada bosib o'tib, jahon rekordini o'rnatdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

    Robot soatiga 10,7 kilometr tezlikda harakatlanish, jumladan, noqulay joylarda va uzoq masofalarga yugurish uchun maxsus ishlab chiqilgan, deb xabar beradi techcult.ru.