Agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo'yicha Uchtepa tuman sudiga taqdim etildi.
Sud tomonidan huquqbuzar M.X o'zganing tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o'xshash bo'lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanib, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 177- moddasining 1-qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, M.X ga nisbatan ma'muriy jarima jazosi tayinlandi.
Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquqbuzar M.X tomonidan qalbakilashtirilgan “Rollton” mahsulotining inson salomatligiga zararli tomonlarini o'rganish maqsadida tekshiruv ishlarini olib borishmoqda, deb xabar bermoqda Intellektual mulk agentligi.