Italiya A seriyasi 31-turida Rimning “Roma” klubi Genuyada “Sampdoriya” mehmoni boʻldi.

Teng kurashlar ostida oʻtgan uchrashuvning 27 daqiqasida “Roma” futbolchisi Genrix Mxitaryan mezbonlar darvozasini ishgʻol qildi va shu hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi. Shunday qilib, rimliklar safardan uchta ochko bilan qaytdi.

“Roma”ning oʻzbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.