Davlat xizmatlari markazining yangi binosi an'anaviy arxitektura va xalqaro me'moriy dizayn bilan uyg'unlashgan holda qurilgan. Binoga kirganingizda Sizni dastlab, yuzda tabassum bilan xodim kutib oladi. elektron navbatni olgach kutish zaliga o'tasiz. Ha aytgancha, markazga yosh bola bilan kelgan bo'lsangiz buning uchun bolalar maydonchasi mavjud. Siz zalda operator chaqirig'i yangragunga qadar istalgan kitobingiz yoki yangi nashrlarni mutolaa qilib turishingiz mumkin. 
 
Yаngi markazda bir vaqting o'zida 10 nafar, bir kunda esa 400 nafargacha fuqaroga xizmat ko'rsatish imkoni yaratilgan. 

Hudud aholisiga qulay bo'lishi uchun Romitan tumani FHDYO bo'limi ham markazning yangi binosida joylashtirilgan.