Jabbor Ahmedov 1986-yil 22-mayda Romitan tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy. 2008-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat institutini tamomlagan (kunduzgi), Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — menejment.

Ish faoliyatini 2008-yil Romitan tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi texnigi sifatida boshlab, Romitan tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi yoʻl ustasi (2010-2017), Romitan tuman yoʻl xoʻjaligi pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi pudrat boʻlimi boshligʻi (2017-2019), Romitan tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi pudrat boʻlimi ish bajaruvchisi (2019) lavozimlarida ishlagan.

Jabbor Ahmedov hozirgi kunga qadar Qorovulbozor tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.