Klub rasmiy sayti 17 yoshli Joao Mendesh “Barselona” bilan shartnoma imzolagani va faoliyatini klubning yoshlar jamoasida davom ettirishini maʼlum qildi. U soʻnggi oylar davomida klubda koʻrikda edi.

Avvalroq, Ronaldinyoning oʻgʻli “Kruzeyro” bilan shartnomasini bekor qilgani haqida xabar qilingandi. Hujum chizigʻida toʻp suradigan Joao mart oyidan Kataloniya yoshlar jamoasi safida rasmiy oʻyinlarda maydonga tushish imkoniyatiga ega boʻladi.