Krishtianu Ronaldu qatorasiga besh oʻyindan beri “qizil iblislar” safida gol urolmayapti. U bunday noxush seriyani oxirgi marta “Real” safida qayd etgan, ammo bu yoz oyiga toʻgʻri kelgandi.

37 yoshli forvard APLda zaxiradan tushgan 10-oʻyinida raqib darvozasini ishgʻol etolmadi.

Angliya chempionati 24-turida “Manchester Yunayted” safarda “Byornli” bilan durang (1:1) oʻynadi.