Ayni paytda Qatarda oʻtayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgan Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelgusi yil yanvar oyida Saudiya Arabistoni klubiga oʻtishi mumkin. CBS Sports xabariga qaraganda, bu borada klub va futbolchining vakillari oʻrtasida muzokaralar olib borilmoqda.

Klub Krishtianu bilan 3 yillik shartnoma imzolab, har bir mavsum uchun 75 million dollardan maosh bermoqchi.

Kelishuvga erishilsa, hujumchi “Al Nasr”ga erkin agent sifatida oʻtadi. Chunki shu yilning 22-noyabr kuni oʻzaro kelishuvga koʻra, Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qildi.

Eslatib oʻtamiz, “Al Nasr”da oʻzbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov oʻynaydi.