"Yana 2-3 yil futbol oʻynashni istayman. Bu maksimum. Faoliyatimni 40 yoshda yakunlamoqchiman. Oʻylaymanki, bu yaxshi yosh. Kelajakda nima boʻlishini bilmayman. Hayot oʻzgaruvchan, barcha rejalar ham amalga oshavermaydi. Oldinda seni nima kutayotganini hech qachon bilmaysan“, - dedi Ronaldu ”The Sun"ga bergan intervyusida.
Aytish joizki, portugaliyalik futbol yulduzi oʻzi aytganidek yana 2-3 yil faoliyatini davom ettirgan taqdirda ham, Qatardagi mundial u uchun eng oxirgisi boʻlib qoladi. Bu esa oʻz navbatida, Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasining jahon chempioni boʻlish borasidagi istaklarini qatʼiylashtirib, oʻyiniga yangicha shiddat va mazmun bagʻishlashi shubhasiz.