38 yoshli hujumchi klublar o'rtasidagi Arab chempionlari kubogi guruh bosqichi doirasida Tunisning “Monastir” klubiga qarshi o'yinda (4:1) gol urdi. Ronaldu rasmiy o'yinda boshi bilan 145 golini kiritdi va rekord o'rnatdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u boshi bilan 144 ta gol urgan Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gerd Myullerni ortda qoldirdi. Uchinchi o'rinni 125 ta gol bilan ispaniyalik Karlos Santilyana egallab turibdi.

Ronaldu yarim yildan beri Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynamoqda va yozgi transferlardan so'ng chempionatdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchi bo'lib qolmoqda. 2-yanvar kuni u “Al-Nasr” futbolchisiga aylandi, shartnomaga ko'ra, yiliga 200 million yevro maosh oladi.

O'tgan mavsumda “Al-Nasr” chempionatda “Al-Ittihod”dan keyin ikkinchi o'rinni egalladi, deb xabar beradi tengrinews.kz.